O‘zA O`zbek

07.03.2020 Chop etish versiyasi

“Sevinch” yana Oʻzbekiston Kubogi sohibi

“Sevinch” yana Oʻzbekiston Kubogi sohibi

Jizzaxda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi musobaqasida qarshiliklar bosh sovrinni qoʻlga kiritdi

Yaqinda nihoyasiga yetgan futzal chempionatida boʻlgani kabi Kubok oʻyinlarida ham ilk bor jamoalar soni oʻntadan oshganligi kuzatildi. Eʼtiborli jihati bunda hatto birinchi liga jamoalari ham bosh sovrin uchun qattiq kurashdi.

Dastlab “Bunyodkor”, “Sevinch”, “Soʻgʻdiyona”, “Metallurg”, AGMK, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Surxon”, “Qoʻqon-1912”, “Mashʼal”, “AGMK-2“ va “Baxmal” jamoalari oʻrtasida qurʼa tashlandi. Kubok oʻyinlariga ayollar chempionati Oliy ligasi vakili “Andijanka” jamoasi iqtisodiy muammolarini hal eta olmaganligi vajidan yetib kela olmadi, musobaqa tashkilotchilari Jizzaxning “Baxmal BOʻSM” jamoasi iltimosiga koʻra ularni turnirga qoʻshishni lozim topishdi.

“Qurʼaning koʻzi koʻr boʻladi” deyishgani haq boʻlib chiqdi. Adolatli qurʼaga koʻra birinchi kunning birinchi oʻyini ayollar futbolining ayni paytdagi eng yetakchi ikki vakili “Sevinch” va “Bunyodkor” jamoalari oʻrtasida oʻtadigan boʻldi. “Sevinch” shu kungacha ayollar futzali tarixida yagona yetakchi jamoa sanalardi. Oʻn toʻrt marta oʻtkazilgan chempionatning barchasida bosh mukofotni qoʻlga kiritgan, oʻn bir marotaba tashkillashtirilgan Kubok oʻyinlarining oʻntasida Kubok sohibi boʻlgan (yana bitta bosh sovrin Zarafshon shahrining “Stroitel” jamoasiga nasib etgan). “Bunyodkor” jamoasi esa yaqinda oʻtkazilgan futzal chempionatida ilk bor shohsupadan joy olgandi.

Shuning uchun finaldan oldingi final maqomini olgan ushbu qarama-qarshilik koʻpchilik uchun qiziqarli kechishi kutilgandi. Shunday ham boʻldi. Jangovar, murosasiz oʻtgan oʻyinda “Sevinch” jamoasi gʻalaba qozondi va musobaqani davom ettirish huquqiga ega boʻldi. “Bunyodkor” jamoasi esa ortiga qaytdi.

Yana bir qiziq uchrashuv futzal musobaqasining yangi “mehmonlari” “Baxmal” va “Mashʼal” oʻrtasida kechdi. Bosh jamoasi Superligada toʻp suradigan, professional klubning vakili “Mashʼal” Baxmal tumanining Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilariga yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi.

Shu tariqa “Sevinch” finalga qadar “Metallurg”, “Paxtakor” jamoalarini yengib kelgan boʻlsa, ikkinchi finalchi hisoblangan maydon egalari nimchorak finalda “Navbahor”, chorak finalda “Lokomotiv” va yarim finalda “Buxoro” jamoalari ustidan ustunlikka erishdi.

Qiziqarli, murosasiz bahslar ostida oʻtgan final oʻyinida bu sohaning katta tajriba egalari – “Sevinch” jamoasi gʻalaba qozondi. Gʻolib jamoaga OʻzPFL hamda viloyat hokimligi tomonidan tayyorlangan sovgʻalar taqdim etildi.

Qayd etilgan natijalar:

Nimchorak final

“Bunyodkor” – “Sevinch” – 2:3

“Metallurg” – “Qoʻqon-1912” – 17:0

“Paxtakor” – “Qizilqum” – 3:0

“Baxmal” – “Mashʼal” – 4:0

“Buxoro” – AGMK – 4:1

“Surxon” – “Andijanka” – +:-

“Soʻgʻdiyona” – “Navbahor” – 7:2

“Lokomotiv” – AGMK-2 – 20:1

Chorak final

“Sevinch” – “Metallurg” – 8^0

“Paxtakor” – “Baxmal” – 9:0

“Buxoro” – “Surxon” – 6:1

“Soʻgʻdiyona” – “Lokomotiv” – 2:1

Yarim final

“Sevinch” – “Paxtakor” – 8:0

“Buxoro” “Soʻgʻdiyona” – 0:7

Final

“SEVINCH” – “SOʻGʻDIYONA W” – 11:1

Gollar: Nilufar Qudratova (6, 16, 28), Shoira Qultoʻrayeva (7, 15), Maftuna Shoyimova (9, 14, 20, 32, 35), Aziza Norboyeva (5 oʻz darv.), Xolida Dadaboyeva (17).

6 925
OʻzA