O‘zA O`zbek

16.02.2019 Chop etish versiyasi

Ser Aleks Fergyuson: Ronaldu yoki Giggz darajasidagi futbolchi yoʻq, deb oʻylaysizmi?

Ser Aleks Fergyuson: Ronaldu yoki Giggz darajasidagi futbolchi yoʻq, deb oʻylaysizmi?

“Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson oʻz tarjimai holida klubning sobiq yarim himoyachisi Ravel Morrisonni eslab oʻtadi. Shotlandiyalik futbolchi haqida gap ketar ekan, uning isteʼdodli ekanligi, maydon tashqarisida esa juda kuchsiz ekanligini bayon qiladi.

“Giggz yoki Ronaldu kabi ajoyib qobiliyatga ega futbolchilar koʻplab topiladi. Ammo ular bolalikni, shuningdek, oʻz jahllarini, hissiyotlarini jilovlay olmaydi. Ular yetarlicha mustahkam axloqga ega emas. Maʼnaviy qashshoq.

Masalan, Ravel Morrison. U kimyo tili bilan aytganda noyob element. Oʻta noyob. Ravel tengdoshlarining hech birida boʻlmagan tugʻma isteʼdod sohibi edi. Biroq u muammolar girdobida qoldi. Uni sotib yuborish juda achinarli ish edi. U ajoyib futbolchi boʻlishi mumkin edi. Lekin maydon tashqarisida juda koʻp muammolari borligi sabab, biz u bilan xayrlashdik, chunki bizda boshqa yoʻl yoʻq edi.

Siz, Ronaldu yoki Giggzga oʻxshab futbol oʻynay oladigan oʻyinchi yoʻq deb, oʻylasangiz, adashasiz. Chunki men juda koʻplab isteʼdodlarni koʻrganman va aminmanki, ular orasida Ronaldudan-da yaxshiroq oʻynaydiganlari juda koʻp edi. Biroq ularning axloqsizliklari futbolni tribunadan tomosha qilishlariga sabab boʻldi”, deb yozadi Fergyuson oʻz tarjima xolida.

Maʼlumot oʻrnida, Ravel Morrison 1993 yilda tugʻilgan. U hozirgacha 9 ta klubda toʻp tepishga ulgurdi.

Eslatib oʻtish joizki, Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”da 1986 yildan 2013 yilga qadar, 27 yil davomida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Uning qoʻl ostida “qizil iblislar” 13 karra Angliya chempioni, 5 karra Angliya kubogi hamda ikki bor Chempionlar Ligasi, shuningdek, bir qator turnirlarda umumiy 38 bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.


1 360
O'zA