O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

“Satellit” turniri yakunlandi

“Satellit” turniri yakunlandi

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida qilichbozlik bo‘yicha “Satellit” xalqaro turniri yakunlandi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) hamkorligida tashkil etilgan turnir ishtirokchilari rapira va shpaga yo‘nalishi bo‘yicha bahs olib bordi.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi rapira bahslarida hamyurtimiz Umida Ilyosova bronza medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, yosh qilichbozimiz Yana Alborova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida shpaga bo‘yicha o‘tgan bahslarda terma jamoamiz a’zosi Malika Hakimova hamda Veronika Rojkova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi shpaga bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda hamyurtimiz Hasan Badunov kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa “Satellit” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi rapira va shpaga yo‘nalishi bo‘yicha 2 kumush hamda 3 bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni kattalar o‘rtasida Markaziy Osiyo qilichbozlik federatsiyasining ochiq chempionati boshlandi.


1.jpg

5.jpg

8.jpg

10.jpg

1 928
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA