Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE iqtidorli shaxmatchimiz Sarvinoz Qurbonboyevaga xalqaro grossmeyster unvoni berilganini e’lon qildi.

3 (1).jpg

Mamlakatimizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar har jihatdan sog‘lom, intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bugun dunyoning turli davlatlarida o‘tayotgan nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat qozonayotgan sportchilarimizning ulkan g‘alabalari bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Sirdaryolik shaxmatchimiz Sarvinoz Qurbonboyeva ham ana shunday azmu shijoatli sportchi yoshlardan.

Sarvinoz bolaligidan sportga mehr qo‘ydi, shaxmat sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Maktabda o‘qib yurgan yillarida shaxmat bo‘yicha bilim va mahoratini oshirdi. Bir necha bor mamlakat chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yosh shaxmatchi 2008-yili Eronda va 2009-yili Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionatlarida kumush va bronza medallarga sazovor bo‘ldi. 2010-yilda S.Qurbonboyeva sportda va o‘qishda erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2011-yili Malayziyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi. 2012-yili Toshkentda 20 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal, 2013-yili Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilgan blits-turnirda bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ko‘plab yirik xalqaro turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egalladi. 2014-yili xalqaro sport ustasi me’yorini bajardi. 2016-yili O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi safida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan “Osiyo millatlar kubogi – 2016” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli qatnashib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

S.Qurbonboyeva uchun 2017-yil ham omadli bo‘lmoqda. Xalqaro shaxmat federatsiyasi o‘zbek qiziga xalqaro grossmeyster unvonini berdi.

– Bu unvon mamlakatimizda yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, iste’dod va qobiliyat egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikning xalqaro sport hamjamiyati tomonidan keng e’tirofi, deb bilaman, – deydi Sarvinoz Qurbonboyeva. – Biz, o‘zbek yoshlari har qanday sohada eng yuqori cho‘qqilarni zabt etishga qodirmiz. Buning uchun imkoniyat va sharoit bisyor. Xalqaro grossmeyster unvoni meni kelgusida nufuzli musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishishga ilhomlantiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarvinoz Qurbonboyeva – xalqaro grossmeyster