Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2018-yilning 9-27-yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo qirq mamlakat terma jamoasi G‘arbiy va Sharqiy mintaqaga bo‘lingan holda qur’ada ishtirok etdi. Unga ko‘ra, saralash bosqichida Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi G‘arbiy mintaqada “D” guruhida Birlashgan Arab Amirliklari, Livan va Nepal terma jamoalari bilan bahslashadigan bo‘ldi.

Shu yilning 15-23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amirliklarida guruhdan chiqish uchun o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. Guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan o‘nta terma jamoa, ikkinchi pog‘onani egallagan eng yaxshi besh terma jamoa va mezbonlar – Xitoy terma jamoasi, jami o‘n olti jamoa final bosqichida qatnashadi. Agar xitoylik yosh futbolchilar o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallasa, ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi olti jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saralashdagi raqiblar aniq bo‘ldi