Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan turnir qizg‘in pallaga kirdi. Mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida Sanjar Fayziyev va Oqgul Omonmurodova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning chorak finalida Sanjar yosh tennischimiz Pavel Soyni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichda belaruslik Dmitriy Jirmontga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Oqgul Omonmurodova gruziyalik Mariya Bolkadze ustidan 6:3, 6:7, 6:3 hisobida zafar quchdi. Endi tajribali tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda rossiyalik Anastasiya Frolova bilan raqobatlashadi.

Musobaqaning juftlik bahslarida O.Omonmurodova ukrainalik sherigi Valeriya Straxova bilan birga yarim finalda g‘alaba qozondi va final uchrashuvida rossiyalik tennischilar Olga Doroshina va Polina Monova bilan kuch sinashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanjar va Oqgul final yo‘llanmasi uchun bahslashadi