Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 11:33 Chop etish versiyasi

Samvel Babayanni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘FF bayonot berdi

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Federatsiya rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani sababli O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi.

Xabarda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to‘xtovsiz qo‘llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy dalda berib turganligi uchun muxlislarga cheksiz minnatdorlik izhor qildi.

894






Все о погоде - Pogoda.uz