O‘zA O`zbek

31.03.2010 17:47 Chop etish versiyasi

Sambochilarimiz mintaqada tengsiz

Tojikistonning Xo‘jand shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 14 oltin, 10 kumush va 1 bronza, jami 25 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Samboning sport yo‘nalishi bo‘yicha Ravshan To‘raqulov, Jonibek Muqimov, Shuhrat Boboyev va Sunnatulla Azimov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Sattor Ergashev, Zarif Rasulov, Botir Xo‘jayev va Muhiddin Soliyev kumush medal bilan taqdirlandi.

Jangovar sambo bo‘yicha gilamga chiqqan Ilhom Sotvoldiyev, Zarif Rasulov, Samad Rustamov va Sattor Ergashev oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shohrux G‘aniyev, Soli Kiyamov, Muhiddin Soliyev va Otabek Olimovga kumush medal nasib etdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Dilafro‘z Abdurahimova, Obida Ollodo‘stova, Gulmira Ismatova, Shahlo Yo‘ldosheva, Nargiza Hamdamova va Dildora Ubaydullayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Oydinoy Botirova va Shohista Safarova kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Sohiba Eshtemirova bronza medal bilan kifoyalandi.


O‘zA, Bayram Aytmurodov
1 829