Samarqandlik qizlar peshqadam
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi VII O‘zbekiston milliy chempionatining ikkinchi tur bahslari nihoyasiga yetdi.
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi VII O‘zbekiston milliy chempionatining ikkinchi tur bahslari nihoyasiga yetdi.Toshkent viloyati Qibray tumani markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan musobaqada 6 jamoa ishtirok etdi. Samarqandning «Dinamo plyus» klubi tur yakunlariga ko‘ra 28 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi.
Samarqandlik qizlar Namanganning «Navbahor W», Qarshining «Sevinch-2», Termizning «TerDU Surxon» jamoalari ustidan ishonchli g‘alaba qozongani peshqadamlikni ta’minladi. Garchi Toshkentning «Paxtakor W» va Jizzaxning «Jizzax» jamoalari bilan kechgan uchrashuvlarda mag‘lubiyat alamini totgan bo‘lsa-da, Samarqand viloyati vakillari peshqadamlikni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarniNamanganning «Navbahor W» klubi hamda Qarshining «Sevinch-2» jamoalari qo‘lga kiritdi.