O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan «Sport – salomatlik garovi» shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika spartakiadasi turli soha xodimlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ta’minlash orqali ularning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan o‘tkazilgan spartakiadaning shahar bosqichida ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, suzish, badminton, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda Ravshan Yoqubov, Rahim Musajonov, Rustam Shavkatov, Hamzabek Yusupov, Chori Sherdanov, xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Yekaterina Morozova, Yuliya Petlyakova, Natalya Levanova, Laziza Muhrimbayeva, Yulduz Shoxo‘jayeva singari ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Doimo jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lib yurishda sportning ahamiyati beqiyos, – deydi R.Yoqubov. – Bu kabi musobaqalar aholini sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, biz ishtirokchilarni yangi marralar sari ilhomlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salomatlikning muhim garovi