Namangan viloyatida 2016-yilda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 17 zamonaviy sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularning aksariyati qishloq joylarda barpo etilgani yanada e’tiborlidir.

O‘tgan yili viloyatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi muhim vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bu alohida qayd etildi.

Barcha sport turlari bo‘yicha federatsiyalarning viloyat bo‘limlari, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar rahbarlari, sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, jismoniy tarbiya va sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Namangan viloyatidagi 8 ming 500 dan ziyod zamonaviy sport inshootida 204 mingga yaqin aholi sportning 50 dan ortiq turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Qishloqlarda tashkil etilgan 700 ga yaqin seksiya va bo‘limlarga 200 mingdan ziyod, jumladan, 70 ming xotin-qiz jalb etilgan. 50 dan ortiq bolalar va o‘smirlar sport maktabi inshootlari sportsevar o‘g‘il-qizlar bilan gavjum. 30 dan ortiq sport turi bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasi viloyat sportchilari erishayotgan yutuqlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

– 2016-yilda namanganlik sportchilar erishgan g‘alabalar Vatanimiz sporti tarixiga munosib sahifa bo‘lib qo‘shildi, – deydi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Namangan viloyatidagi vakili Shokirjon Qoraboyev. – Viloyat sportchilari tomonidan respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan sport musobaqalarida 294 oltin, 370 kumush, 431 bronza medali qo‘lga kiritilgani fikrimiz tasdig‘idir.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida chustlik Murodjon Ahmadaliyev boks bo‘yicha bronza, XV Paralimpiya musobaqalarida Nozimaxon Qayumova nayza uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga qiritdi, yangiqo‘rg‘onlik Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda sport federatsiyalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi, 2017-yilda viloyat sportini yanada rivojlantirishga doir dolzarb vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyatida 8,5 mingdan ziyod sport inshooti faoliyat ko‘rsatmoqda