Nukusda sportning ommaviyligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida turli soha xodimlari o‘rtasida spartakiada musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport bayrami ishtirokchilari sportning shaxmat, shashka, suzish, badminton, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha bahslashdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi mutaxassisi T.Abduxoliqov va boshqalar mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, mehnat jamoalari, ayniqsa, ayollarni sportga keng jalb etish, shu orqali aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Musobaqalarda 15 jamoa tarkibida 250 ga yaqin havaskor sportchi qatnashdi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i J.Ayapov. – Ular orasidan eng kuchli, epchil va chaqqon sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasida Beruniy tumani 38-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Nigora Qurbonboyeva, shashka bo‘yicha Nukus shahridagi 16-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Guljahon Mamutova, stol tennisi bo‘yicha Amudaryo tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyasi Hamida Rajabova, badminton bellashuvida Nukusdagi 29-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Guljamol O‘teuliyeva, suzish bo‘yicha Xo‘jayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyachisi Tamara Mirsayziyanova birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda shaxmat bo‘yicha Nukus tumanidagi Kattagar-Bo‘zatov irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi xodimi Murat Boltaboyev, shashka bo‘yicha Amudaryo tumanidagi 11-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Alisher Soburov, stol tennisi musobaqasida Chimboy tumanidagi 41-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi O‘rolboy Madreyimov, badminton bo‘yicha Nukusdagi 2-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Asqar Orzibekov, suzish bo‘yicha Kegeyli tumanidagi Xalqobod agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Ozod O‘tepbergenov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Voleybol musobaqasida Qo‘ng‘irot tumani jamoasi birinchi, Amudaryo tumani jamoasi ikkinchi, Shumanay tumani jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salomatlik – bebaho boylik