O‘zbekistonlik sportchi Sadriddin Saymatov Gollandiyaning Rotterdam shahrida karate bo‘yicha jahon premer-ligasining ikkinchi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon premer-ligasi besh bosqichdan iborat bo‘lib, musobaqalarga Parij, Rotterdam, Dubay, Rabot va Leypsig shaharlari mezbonlik qiladi. Mazkur bosqichlar sportchilar uchun 2020-yili Yaponiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatlidir. Musobaqalar kumite – yakkama-yakka bellashuv bo‘yicha o‘nta va kata – ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha to‘rtta vazn toifasida o‘tkaziladi.

Surxondaryolik o‘n to‘qqiz yoshli iqtidorli sportchi Sadriddin Saymatov jahon premer-ligasi bosqichlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. U yanvar oyida Fransiyada o‘tgan dastlabki bosqichda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Rotterdamda o‘tgan musobaqada ham Sadriddin o‘z vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi. U finalga qadar kechgan bellashuvlarda Qozog‘iston, Belgiya, Angliya, Italiya, Saudiya Arabistoni va Yaponiya davlatlari vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda latviyalik tajribali sportchi Kalvis Kalninsni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, S.Saymatov Portugaliyada talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza, Indoneziyada o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Jahon premer-ligasining ikki bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchimiz ayni paytda jahon reytingida o‘z vazn toifasida yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadriddin – oltin medal sohibi