Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 14:36 Chop etish versiyasi

Sabina va Niginaning g‘alabali odimlari

Mamlakatimizning eng kuchli tennischilari Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Gruziya va Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli turnirlarni g‘alaba bilan boshladi.

Gruziyada o‘tayotgan musobaqaning yakkalik bahslarida Nigina rossiyalik Polina Monovani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasi uchun Yana Sizikovaga (Rossiya) qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Xalqaro turnirning juftlik bahslarida N.Abduraimova rossiyalik Anastasiya Frolova bilan birga mezbon tennischilar Mariyam Bolkvadze va Yekaterina Gorgodze ustidan zafar quchdi. Endi Nigina va Anastasiya chorak finalda rossiyalik Aleksandra Kuznetsova hamda Alena Tarasova bilan kuch sinashadi.

Xitoyda Sabina Sharipova ilk davrada yaponiyalik Miyabi Inouyeni 6:4, 6:7, 6:3 hisobida yengdi va navbatdagi bosqichda mezbon Jiaksi Lu bilan uchrashadigan bo‘ldi.

S.Sharipova juftlik bahslarida belaruslik Lidziya Morozova bilan birga yapon tennischilari Shixo Akita va Nagi Xanatani ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va chorak finalda xitoylik Yuki Sheng hamda Vushuang Jeng bilan kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 700






Все о погоде - Pogoda.uz