Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 14:45 Chop etish versiyasi

Sabina Sharipova xalqaro turnir g‘olibi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Sabina belaruslik Lidiya Morozova bilan birgalikda final uchrashuvida mezbon tennischilar Xinyu Jiang va Kyunxu Tangni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, S.Sharipova musobaqa yarim finalining yakkalik bahslarida AQSh vakilasi Bernarda Perani 6:4, 7:6 hisobida yengdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u musobaqaning final bahsida juftlikdagi sherigi, belaruslik Liziya Morozovaga qarshi kortga chiqadi.

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Gruziyada o‘tkazilayotgan musobaqada yana bir iste’dodli tennischimiz Nigina Abduraimova yarim finalda slovakiyalik Viktoriya Kuzmova ustidan zafar quchib, finalda rossiyalik Anna Kalinskaya bilan uchrashadigan bo‘ldi.

Javoxir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 187






Все о погоде - Pogoda.uz