O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Sabina Sharipova chorak finalda

Sabina Sharipova chorak finalda

Tailandning Xuaxin shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirning juftlik bahslari Sabina Sharipova uchun omadli boshlandi.

Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova juftlik bahslarida mezbonlar vakili Nudnida Luangnam bilan o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Sabina va Nudnida ilk uchrashuvda tailandlik Chomputxip Yundakate va Nattxapat Pivbangrukni 6:7, 6:2, 10:7 hisobida taslim etdi va chorak finalga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, S.Sharipova yakkalik bahslarining birinchi davrasida rossiyalik Valentina Ivaxnenkoga qarshi kortga chiqadi.

523
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA