Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 07:47 Chop etish versiyasi

Sabina Sharipova Avstraliyada, Nigina Abduraimova AQSHda yutqazdi


fef57e28a6893eb6479a02f8532be0dd63e57732.jpg

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining saralash bahslarida mag‘lubiyatga uchradi.


Sabina Sharipova asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun o‘tkazilgan saralash o‘yinlarining birinchi bosqichida rossiyalik Yevgeniya Rodinaga 6:3, 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, yana bir umidli tennischimiz Nigina Abduraimova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan musobaqaning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etib, ilk uchrashuvda norvegiyalik Ulrikke Elkeriga 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

02cc969ddc4697ad0a0759e5f643a57b.jpg

Endi Nigina Abduraimova juftlik bahslarida Xitoy Taypeyi vakilasi Chin-Ven Xsu bilan Ulrikke Eykeri va belaruslik Ilona Eduardovna Kremen tandemiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 905