Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 16:19 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Engil atletika. Poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Chempionatning dastlabki kunida 60 metrga yugurishda Sunnat Ismoilov va Liliya Manasipova g‘olib bo‘ldi. Ushbu masofaga to‘siqlar osha yugurishda Anvar Safarov hamda Natalya Asanova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 400 metrga yugurishda Murod Muhammadrasulov, 1500 metrga yugurishda Yevgeniy Fadeyev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Uzunlikka sakrashda Irina Belova, beshkurashda Yelizaveta Shus shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Gandbol.
Toshkentda gandbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada Urganch davlat universiteti gandbolchilari birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji vakillari ikkinchi va Qozog‘istoning "Namis" jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Figurali uchish. Janubiy Koreyada figurali uchish bo‘yicha "To‘rt qit’a chempionati" o‘tkazilmoqda.

Amerika, Afrika, Avstraliya va Osiyoning kuchli sportchilari ishtirokida o‘tayotgan ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini Misha Ge himoya qilmoqda. Misha uchun mazkur musobaqa Yaponiyaning Sapporo shahrida bo‘ladigan VIII qishki Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 646






Все о погоде - Pogoda.uz