O‘zA O`zbek

19.01.2018 11:10 Chop etish versiyasi

Rossiyalik voleybolchilar o‘zlarini ko‘rsatmoqda

Rossiyalik voleybolchilar o‘zlarini ko‘rsatmoqda Voleybol bo‘yicha chempionlar ligasining “C” va “D” guruhida 3-tur uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“С” guruhida Fransiyaning “Shomon” jamoasi Rossiyaning “Lokomotiv Novosibirsk” klubiga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Rossiya sharafini himoya qilayotgan “Dinamo Moskva” esa Polshani “Skra” jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“D” guruhida “Zenit-Kazan” (Rossiya) va “Yastshembskiy Vengel” (Polsha), “Berlin” (Germaniya) va “Tuluza” (Fransiya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bir xil 3:0 hisobida yakunlandi.

*              *              *

Xotin-qizlar o‘rtasidagi Rossiya chempionatining 14-tur bahslari qiziqarli uchrashuvlarga boy o‘tdi.

Chempionatning “Dinamo-Metar” va “Yenisey” o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Proton” o‘z parketida “Saxalin”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shuningdek, “ Dinamo-Kazan” azaliy raqibi “Uralochka”ni 3:0 hisobida, “Dinamo Moskva” esa “Dinamo Krasnodar”ni 3:1 hisobida taslim qildi. “Leningradka” hamda “Zarechye-Odinsovo” uchrashuvida 1:3 hisobida qayd etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 460