O‘zA O`zbek

15.08.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Everton”ning aksiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Everton”ning aksiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda
Alisher Usmonov o‘zining “Arsenal”dagi aksiyalarini sotgandan so‘ng, futbol klublariga investitsiya kiritish uchun yangi variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

“USM Holdings” asoschisi “Everton” klubining 58.8 % aksiyalariga egalik qilayotgan Farxad Moshiri bilan yaqin do‘st va biznes hamkor sanaladi.

“Potensial foyda bilan klubga investitsiya kiritish taklifi bo‘lsa, men, albatta, o‘zaro sherikchilik munosabatlariga tayyorman. Farxad bilan do‘stmiz. Agar yordam kerak bo‘lsa, u uchun ko‘mak berishdan baxtiyor bo‘lardim”, - deydi u Blumberg nashriga bergan intervyusida.

O‘z navbatida Usmonov “to‘pchilar“ aksiyalarini David Deyn (“Arsenal“ futbol klubi sobiq vitse raisi va futbol assotsiatsiyasi sobiq raisi o‘rinbosari) dan 2007-yilda sotib olgan edi.

Darvoqe, milliarder bir necha hafta oldin “Arsenal“dagi aksiyalari amerikalik sport magnati Sten Kronkega sotib yuborgandi.

O'zA
3 364