O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

07.09.2018 15:08 Chop etish versiyasi

Ronaldusiz “Klasiko” qayerda boʻladi? Qachon?

Ronaldusiz “Klasiko” qayerda boʻladi? Qachon?

La liganing 10-turidan oʻrin olgan “Barselona” hamda “Real” jamoalari oʻrtasidagi bahs muddatiga aniqlik kiritdi.

Unga koʻra, yangi mavsumning ilk “klasiko”si 28-oktabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

Oʻyin “Nou Kamp” da boʻlib oʻtadi.

37408751_332964630576548_970884456841740288_n.jpg

Ikkinchi davrada, Madridda boʻlib oʻtadigan oʻyin 2019-yilning 3-martiga rejalashtirilgan. Bu La liganing 26-turiga toʻgʻri keladi.

O'zA