O‘zA O`zbek

22.03.2020 Chop etish versiyasi

“Real“ning sobiq prezidenti koronavirus sababli vafot etdi

“Real“ning sobiq prezidenti koronavirus sababli vafot etdi

Ispaniyaning “Real” va “Malaga” klublari sobiq rahbari hisoblangan Lorenso Sans kutilmaganda shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar bergan edik.

Lorenso Sans oʻtgan haftada koronavirus infeksiyasiga test topshirdi va bu kasallik aniqlandi. Shifokorlarning barcha saʼy-harakatlariga qaramay Sans 76 yoshida ushbu darddan vafot etdi.

Maʼlumot uchun, Lorenso Sans 1995-2000-yillarda “Real”ni boshqargan, 2006-2010-yillarda esa “Malaga” klubiga rahbar boʻlgan.

4 523
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA