O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

“Real“ Mbappe uchun 400 million yevro bermoqchi

“Real“ Mbappe uchun 400 million yevro bermoqchi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniyaning “Real Madrid“ klubining asosiy transfer nishoniga aylanib qoldi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari 21 yoshli fransiyalik futbolchi uchun parijliklarga 300 million yevro taklif qilishga tayyor. Agar, bordiyu kurashga “Barselona” yoki “Manchester Siti” klublari qo‘shilsa “Real” ushbu narxni 400 milliongacha ko‘tarishi mumkin.

Biroq PSJ ham Mbappeni qo‘yib yubormoqchi emas va uni tarkibda saqlab qolish uchun Neymar kabi yiliga 40 million yevro maosh to‘lashi mumkin.

894
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA