O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Ravshan Xudoynazarovning AQShdagi raqibi aniqlandi

Ravshan Xudoynazarovning AQShdagi raqibi aniqlandi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ravshan Xudoynazarov 7 noyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu jang AQShning Arizona shtati Tuson shahrida bo‘lib o‘tadi. Ravshanning bu safargi raqibi meksikalik yengilmas bokschi Santiyago Domingez bo‘ladi.

Aytish kerakki, Domingez bungacha 19 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimiz ham 19 ta jang o‘tkazgan, biroq ularning 2 tasida mag‘lub bo‘lgan, qolgan 17 tasida esa g‘alaba qozongan.

550
J.TOShXO‘JAEV, O‘zA