O‘zA O`zbek

19.01.2018 11:45:04 Chop etish versiyasi

“KAMAZ” shohsupadan quladi

Dakar rallisining 12-bosqichida yo‘l tanlamaslar va yuk avtomobillari o‘rtasida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.

Yo‘l tanlamaslar poygasida qatarlik Naser Al-Attiya, belgilangan masofaga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, marraga fransiyalik Stefan Peteransel ikkinchi va JAR vakili Jinel de Villers uchinchi bo‘lib kirib bordi

Yuk avtomobillari o‘rtasidagi poygalarda bu safar gollandiyalik Ton van Genugtenga hech kim yeta olmadi. Chexiyalik Martin Kolomi esa “Tatra” ulovida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Rossiyaning “KAMAZ”ini boshqara yotgan Eduard Nikolayevga bu gal omad yetishmadi va bahsni uchinchi bo‘lib yakunladi.