O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Qudratillo Abduqahhorov “IBF” reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi

Qudratillo Abduqahhorov “IBF” reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) sentabr oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Yangilangan reytingga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) o‘z vazn toifasida rasman birinchi pog‘onadan joy oldi.

Vazni 63,5 kilogrammgacha bo‘lgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) avvalgi oydagi kabi 6-o‘rinda qoldi.Ushbu vazn toifasidagi janglarda ishtirok etayotga yana bir vakilimiz Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham o‘z o‘rinini saqlab, 15-o‘rindan tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda IBF reytingida yuqoridagi uch nafar professional bokschilarimiz o‘rin olgan, boshqa yurtdoshlarimiz esa hozircha reyting jadvaliga kirmagan.

411
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA