Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi
Milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, mehmonlarni O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov hamda bosh kotib Jasur Matjonov kutib oldi. Tashrifdan
– O‘zbekiston MOQ qoshida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bunday sport tibbiyot majmuasi Markaziy Osiyoda yagona ekanligi ahamiyatlidir. Biz ham Qozog‘istonda sport tibbiyoti bo‘yicha ana shunday markaz tashkil qilishni istaymiz va bu borada O‘zbekiston MOQ bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish istagidamiz, – dedi
Shuningdek, uchrashuv davomida qishki Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘z navbatida, Qozog‘iston MOQ bosh kotibi qishki sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Qozog‘istonning tog‘li hududlarida hamkorlikda tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.