20 ga yaqin davlatdan kelgan 200 sportchi ishtirok etgan musobaqada Olim Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumayev, Hasan Bozorov, Jamshid Rahmonaliyev oltin, Botir Xo‘jabekov esa kumush medal sohibi bo‘ldi.

SHAXMAT. Qozog‘istonda klassik shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan kelgan yuzdan ortiq shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqada 16 yoshli shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda vakillarimizdan Shamsiddin Vohidov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Daler Vohidov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

* * *

BOKS. 1999-2000 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida Olmaliq shahrida mamlakatimiz chempionati o‘tkazildi.

Unda Abdumalik Haloqov, Muhibillo Tursunov, Sardorbek G‘aniyev, Jahongir Rahmonov, Farhod Ne’matov, Rajabboy Otanazarov, Abdukarim Farmonov, Abdulaziz Muhammadaminov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

* * *

QO‘L JANGI. O‘zbekiston terma jamoasi Vengriyada qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida 5 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

TENNIS. Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida tennischimiz Yasmina Karimjonova rossiyalik Yekaterina Nikiforova va Irina Shetininani mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sportchimiz Odil Karimov juftlik bahslarida kanadalik Gleb Bleker bilan birga final uchrashuvida musobaqaning bosh sovrini uchun rossiyalik tennischilar Aleksandr Binda va Daniil Spasiboga qarshi kortga chiqadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘l jangi: sportchilarimiz 5 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi