O‘zA O`zbek

12.06.2020 Chop etish versiyasi

Qitʼa miqyosidagi xalqaro musobaqalarning oʻzgartirilgan sanalari maʼlum boʻldi

Qitʼa miqyosidagi xalqaro musobaqalarning oʻzgartirilgan sanalari maʼlum boʻldi

Pandemiya sabab nafaqat mamlakatimiz yoki qitʼamizda, balki deyarli butun yer yuzidagi sport tadbirlari toʻxtab qolgandi, oʻtkazilish muddatlari oʻzgartirilgandi. Sekin asta barchasi yana iziga tushmoqda.

Jumladan, Osiyo futbol konfederatsiyasi koronavirus tufayli muddati oʻzgartirilgan sport musobaqalarining yangi sanalarini eʼlon qildi. Yaʼni, futzal boʻyicha hamda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlari, Osiyo Chempionlar ligasi bahslarining yangi yangi muddatlari quyidagicha koʻrinish oldi:

Kattalar oʻrtasidagi futzal boʻyicha Osiyo chempionati 4-15-noyabr kunlari Turkmanistonda boʻlib oʻtadi;

Bahraynda oʻtkaziladigan oʻsmirlar (U-16) oʻrtasidagi Osiyo chempionati 25-noyabr – 12-dekabr kunlariga koʻchirildi;

Osiyo Chempionlar ligasining Gʻarb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida oʻtkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi keyinroq eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan. Chorak final oʻyinlari 2-3-noyabr, yarim final bahslari 24-noyabr va final uchrashuvi 5-dekabrga belgilangan.

Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan yoshlar (U-19) oʻrtasidagi Osiyo chempionati avvaldan belgilanganidek 14-31-oktyabr sanalarida qoldi;

Klublar oʻrtasidagi futzal boʻyicha Osiyo chempionati sanasiga ham oʻzgartirish kiritilmagan va ushbu turnir BAAda 2-13-dekabr kunlari tashkil etiladi.

*Yuqorida eʼlon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda yana oʻzgartirilishi mumkin.

11 327
OʻzA