Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 19:59 Chop etish versiyasi

Qilichbozlik: Zaynab jahon kubogi musobaqasida qatnashadi

Tailandning Bangkok shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Zaynab Dayiboyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Nukus temiryo‘l vokzalida sovrindor sportchi qizni sport ishqibozlari, murabbiylar, Zaynabning yaqinlari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi D.Qurboniyozov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar samaralari iqtidorli o‘g‘il-qizlarning xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida o‘z ifodasini topayotganini ta’kidladi.

Xalqaro turnirda Zaynab Dayiboyeva Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi dastlabki reyting ballarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Rossiyada o‘tkaziladigan jahon kubogi musobaqasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.

– Bangkokda kechgan bellashuvlar juda murosasiz bo‘ldi, – deydi Zaynab. – Hindiston, Yaponiya, Avstraliya, Tailand, Singapur davlatlari sportchilari bilan bahslashdim. Bu turnir men uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘ldi. Erishgan yutuqlarimda murabbiylarim Daurbek Jiyemuratov va Rustam Sultonovning xizmatlari katta. Buning uchun ulardan minnatdorman.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 035






Все о погоде - Pogoda.uz