O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Qashqadaryoda iqtidorli karatechilar saralandi

Qashqadaryoda iqtidorli karatechilar saralandi

Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan yurtimizda ushbu sport turini keng ommalashtirish, hududlarda seleksiya jarayonlarini oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni tanlab olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib zaxirani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, terma jamoamiz aʼzolari ham ortidan munosib oʻrinbosarlar yetishib kelayotganini bilsa, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga harakat qiladi, intiladi. Bu shubhasiz oʻzbek karatesi manfaatlariga xizmat qiladi.

Shu sababli Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi ishchi guruhi tomonidan joylarda faol seleksiya jarayoni oʻtkazilmoqda. Jumladan, 13-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida ham iqtidorli yoshlar saralab olindi. Unda viloyatning barcha hududlaridan 8-12 yoshdagi oʻgʻil bolalar va qizlar imtihondan oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi barcha yoshdagi terma jamoalarda teng kuchli bir nechta tarkibni shakllantirishga jiddiy eʼtibor qaratgan. Bu esa asosiy tarkib uchun raqobatning oʻsishiga xizmat qiladi. Raqobat esa tabiiyki yoshlarning mahorati ortishiga xizmat qiladi.

Shu maʼnoda aytish joizki, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan seleksiya jarayoni yurtimizda ushbu sport turi taraqqiyotini taʼminlaydi.

photo5413815872021179095.jpg

photo5413815872021179096.jpg

photo5413815872021179097.jpg

photo5413815872021179098.jpg

photo5413815872021179101.jpg

1 449
OʻzA