O‘zA O`zbek

01.11.2019 Chop etish versiyasi

Qamashida chempionlar taqdirlandi

Qamashida chempionlar taqdirlandi

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan yosh avlod sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatimiz yoshlari viloyat, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda munosib ishtirok etmoqda.

Xususan, so‘nggi yillarda Qamashi tumanida bir qator sport inshootlarining foydalanishga topshirilishi yoshlarni sportga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirmoqda. Milliy kurash, karate, og‘ir atletika, boks, voleybol, dzyudo, futbol va boshqa sport turlari bo‘yicha tuman yoshlari Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. 

Yaqinda tumandagi jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlari tuman hokimligi tomonidan alohida taqdirlandi. Xususan, Nigora Abdullaeva va Tursunoy Jabborovalarga 5 million so‘mlik mukofot pullari topshirildi.

581
O‘zA