O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

PRO-LIGA: “Mash’al” jamoasi muddatidan oldin Superligaga yo‘llanma oldi

PRO-LIGA: “Mash’al” jamoasi muddatidan oldin Superligaga yo‘llanma oldi


Muborakliklar mavsumning so‘nggi turini Farg‘onada “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi va natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Superliganing yangi vakili sifatida ortga qaytadi.

Aslida “Mash’al” jamoasining joriy yilgi mavsumdagi joyi Superliga bo‘lishi lozim edi. O‘tgan yilgi chempionatni quyi o‘rinlarda tugatmagan, stadion, baza, futbol akademiyasi, xullas, har jihatdan xalqaro talablarga javob bera oladigan klub nima bo‘ldi-yu, kuchlilar safiga “sig‘madi”. 

Niyati baribir Superliga bo‘lgan klub mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazdi. Muborakliklar mavsum yakuniga hali ikki tur qolgan paytda muddatidan oldin maqsadiga erishib bo‘ldi. To‘g‘ri, oldinda hali yana bitta tur bor. Buning ustiga jamoani “Istiqlol” jamoasi izma –iz ta’qib qilib kelyapti. So‘nggi turda “Mash’al” safarda “Neftchi” mehmoni bo‘ladi, “Istiqlol” esa G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushadi.

“Mash’al” mag‘lubiyatga uchrasa-yu, “Istiqlol” g‘alaba qozongan taqdirda ochkolar tenglashadi. Biroq, musobaqa Reglamentiga ko‘ra hisob-kitob teng kelib qolgan taqdirda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi. Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida esa muborakliklarning “qo‘li baland”. Demak, so‘nggi tur natijasidan qat’iy nazar “Mash’al” jamoasi Superliganing yangi mehmon bo‘lib ulgurdi, “Istiqlol”dan esa hech kim ikkinchi o‘rinni tortib ololmaydi.

Pro A liganing so‘nggi turi faqat uchinchi o‘rin taqdirini hal etib berishi lozim. Bu nomga ayni paytda “Oq-tepa”, “Sho‘rtan” va “Neftchi”jamoalari da’vogarlik qilishmoqda. Uchalasining ichida esa “Oq-tepa”ning imkoniyatlari ko‘proq. Sababi, toshkentliklar o‘z maydonida quyi pog‘onada kelayotgan “Sherdor”ni qabul qiladi. “Neftchi” va “Sho‘rtan” ham o‘z uyida o‘ynaydi, biroq ularning raqiblari peshqadamlar hisoblanadi. 

Kecha bo‘lib o‘tgan 27-turda “Xorazm” va “Istiqlol” jamoalari o‘zlaridan yuqori pog‘onalarda borayotgan jamoalarni mag‘lub etishdi. “Neftchi”ning “Sherdor” ustidan ustunlikka erishishiga birov shubha qilmagandi.

27-turda qayd etilgan natijalar:

ISTIQLOL – OQ-TEPA - 5:1
Gollar: Abduxoliq Qurbonov (28-pen), Sardor Telyakov (34), Sardorbek Sotivoldiev (45+2), Farruxjon Ibrohimov (76), Fayzullobek Jumanqo‘ziev (82) - Maqsudjon Mahmudov (72)

ShERDOR – NEFTChI - 0:2
Gollar: Islomjon Toshpo‘latov (65), Alisher Abduvohidov (81)

XORAZM – ShO‘RTAN - 2:1
Gollar: Temurbek Ismoilov (86), Hurmatbek Yo‘ldoshev (90+1) - Nurali Padarov (77)

MASh’AL – IFTIXOR - +:-


Mavsumning so‘nggi 28-turi
13 oktyabr


Oq-tepa – Sherdor
Neftchi – Mash’al
Sho‘rtan - Istiqlol

OG‘IR ATLETIKA: Adhamjon Ergashevdan umidimiz katta

8-11 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Dunyoning eng sara atletlari qatnashadigan mazkur musobaqada terma jamoamizning uch nafar vakili Adhamjon Ergashev (-67 kg), Doston Yoqubov (-73 kg) va Muattar Nabieva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Sportchilarimizga Bahram Mendiboev ustozlik qiladi. Delegatsiyaga esa Shahrullo Mahmudov rahbarlik qiladi.

SAMBO: Jahon chempionatida 21 nafar sportchimiz ishtirok etadi

8 – 10 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chonju shahrida sambo va jangovar sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, dunyoning 86 mamlakatidan kelgan 800 nafar atlet ishtirok etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasidan 21 nafar sportchi qatnashadi. 

Qayd etish lozim, mazkur turnir Xalqaro sambo assotsiatsiya taqvimidan o‘rin olgan eng muhim musobaqalardan biri hisoblanib, unda dunyoning eng kuchli sportchilari gilamga chiqadi. 

Roman Shakirov va Jahongir Qoraboevlar murabbiyligida Janubiy Koreyaga yo‘l oladigan terma jamoa tarkibi quyidagicha:

Erkaklar: Davlatjon Hamroev, Aman Ganiev, Sarbon Ernazarov, Ne’mat YoQubov, Ulug‘bek Rahmonov, Abbos Jalolov, Sardor Shovrikov, Sulton Isoqov, Avazbek Abdujalilov, Hakimjon Ismoilov, Istam Qudratov, Ilhomjon Yo‘ldoshev, Zafar Allabergenov, Doston Rustamjonov, Jonibek Azizov, Sirojiddin Anorqulov, Bahodir Boqiev.

Ayollar: Gulmira Ismatova, Zarnigor O‘rmonova, Nodira Gulova, Gulasalxon Haydarova


630
O‘zA