Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:26 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” FINA jahon kubogi bosqichi boshlandi

Poytaxtimizda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” FINA jahon kubogi bosqichi boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz suzish federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Germaniya, Belarus, Ispaniya, Filippin, Ukraina, Yaponiya kabi davlatlardan ellikka yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy talablarga javob beradigan suv sporti saroylari va suzish havzalarining barpo etilayotgani o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqish tobora ortishiga xizmat qilmoqda. Sportchilarimiz turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotir.

Jumladan, yaqinda poytaxtimiz mezbonlik qilgan suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilgan IX Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 14 oltin, 17 kumush va 21 bronza medal, jami 52 medal jamg‘argani suv sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir

3.jpg

– Mamlakatingizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan keng imkoniyatlarga havas qilsa arzigulik, – deydi ispaniyalik sportchi Karbonelli Ballastro. – Bu iqtidorli sportchilarning voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etilgan. Musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoit yaratilgan.

“Suv parisi” FINA jahon kubogi bosqichida sportchilar solo, duet va guruh bahslarida o‘z mahoratini namoyish etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
3 033






Все о погоде - Pogoda.uz