Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 16:21 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-12 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ikki yuzdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Sakkiz yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida toshkentlik Humoyun Begmurodov sakkiz ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Samarqandlik Kamron Karimov ikkinchi, poytaxtlik Alixon Avazxonov uchinchi bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida poytaxtlik Odina Olimova 7,5 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, samarqandlik Afro‘za Hamdamova kumush va toshkentlik Nozima Valiyeva bronza medal bilan taqdirlandi.

O‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar musobaqasida toshkentlik Islombek Sindorov va samarqandlik Akobirxon Saydaliyev sakkiz ochkodan jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Islombek g‘olib, deb topildi. Uchinchi o‘rin poytaxtlik shaxmatchi Umarxon Faxriddinxo‘jayevga nasib etdi. Qizlar musobaqasida samarqandlik Guldona Karimova oltin, navoiylik Barchinoy Shokirjonova kumush, samarqandlik Ruxshona Rahimberdiyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida poytaxtlik Javohir Sindorovga teng keladigan raqib topilmadi. U to‘qqiz partiyaning barchasida g‘alaba qozonib, mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi. Toshkent viloyatidan Olmos Rahmatullayev ikkinchi, buxorolik Mirfayz Sunnatov uchinchi bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida toshkentlik shaxmatchilar Maftuna Bobomurodova, Mohinur Habibullayeva va surxondaryolik Umida Omonova sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 885






Все о погоде - Pogoda.uz