Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasidagi nufuzli turnir boshlandi.

An’anaviy musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Kipr, Belarus, Janubiy Afrika Respublikasi, Chexiya, Ruminiya, Qozog‘iston, Pokiston, Qirg‘iziston, Tailand, Suriya, Ukraina, Isroil, Latviya, Slovakiya hamda Bolgariyadan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqaning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida mamlakatimiz vakillari Olimjon Nabiyev belaruslik Martin Borisiouk, Odil Karimov qirg‘izistonlik Namozbek Dushembiyev, Temur Sottimov qozog‘istonlik Dostonbek Toshbo‘latov, Azizxon Turg‘unov ukrainalik Aleksandr Brayninga qarshi kortga chiqadi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda yosh tennischilarimizdan Milana Maslenkova rossiyalik Varvara Kuksina, Kamola Umarova rossiyalik Vlada Koval, Yasmina Karimjonova rossiyalik Aisha Kukushkina, Olesya Kim rossiyalik Anastasiya Suxotina, Laylo Bahodirova rossiyalik Mariya Solnushkina, Valentina Shleyn ukrainalik Viktoriya Petrenko bilan kuch sinashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda ITF taqvimidan joy olgan nufuzli musobaqa boshlandi