Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 13:10 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda boks kechasi o‘tkazildi

Poytaxtimizda boks kechasi o‘tkazildi Poytaxtimizda professional bokschilar o‘rtasida reyting janglari o‘tkazildi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada mamlakatimizning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari 8 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

To‘rt raund o‘tgan reyting janglarida Ulug‘bek Sobirov – Muhammadrasul Sarimsoqovni, Shukirullo Vohidov – Saidbek Azimjonovni, Beksulton Ravshanov – Bobir Norovni, Burgut Hojiboyev – Otabek Qosimovni mag‘lub etdi. Muhiddin Rajabboyev o‘z vazn toifasida o‘tgan bahsning ikkinchi raundida raqibi Sherkomil Rahimovni texnik nokautga uchratdi.

Vazni 63 kilogrammdan ortiq bo‘lgan Jasur Ahmadjonov olti raund o‘tgan jangda Farrux Fayziyevni yengib, o‘zining navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 290