O‘zA O`zbek

11.07.2019 Chop etish versiyasi

Poytaxtda futbolni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi

Poytaxtda futbolni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi

Prezidentimizning shu yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda joriy yilning 16 martidagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bilan mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Shu maqsadda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, sportchilarning xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi faoliyatida ustuvor vazifa sifatida aholi, ayniqsa yoshlarni sportning futbol turi bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va ularni sportga keng jalb qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda voyaga yetmagan yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashish belgilangan.

Poytaxtimiz aholisi o‘rtasida futbolni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, uning aholi salomatligini mustahkamlash va jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi rolini oshirish masalalaridagi faoliyatini faollashtirish, shuningdek ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

photo5276388038219508303.jpg

– Hozirgi kunda Toshkent shahrida jami 967 ta futbol stadioni va maydonchalari mavjud bo‘lib, ulardan 54 tasi sun’iy qoplamali maydonchalardir, – deydi Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Bahromov. – Ularda 2018 yildan buyon 6 ta yosh toifasida 32 ta, U-18 ligasida 21 ta jamoa, 2-ligada 16 ta hamda faxriylar ligasida 24 ta jamoa 482 nafar murabbiylar tomonidan shakllantirilib, tizimli ravishda musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Bugungacha mazkur musobaqalarga jami 5030 nafar yosh va havaskor futbolchilar jalb qilingan. 2019 yilning may oyidan boshlab Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasida yangi davr boshlandi. Sohadagi ma’lum muammolarni bartaraf etish uchun assotsiatsiyamiz tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bir qator takliflar berildi. Ayni kunda Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatayotgan futbol klublari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, poytaxtdagi futbol ligalari (Yoshlar, U-18, 2-liga hamda Faxriylar ligasi) formatini qayta ko‘rib chiqish, assotsiatsiyaga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirish uchun tegishli mablag‘lar ajratish (homiylar biriktirish) hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, assotsiatsiya faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini tashkil etish, shahardagi barcha futbol murabbiylari hamda hakamlar uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda har chorakda bir marta malaka oshirish o‘quv-seminarlari hamda uchrashuvlar o‘tkazib borish, bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida Toshkent futbol akademiyasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, uning moddiy-texnik bazasini xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalariga ko‘ra tegishli shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish kabi vazifalar belgilandi. Shuningdek, 12, 14, 16, 18 yoshli bolalar va o‘smirlardan iborat Toshkent shahar futbol terma jamoasini shakllantirish, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi musobaqalarda assotsiatsiya xodimlarining bevosita ishtirokini tashkil etish, mazkur birinchiliklarda ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda yetakchi futbol jamoalariga tavsiya qilish kabi ishlar ham "Yo‘l haritasi"dan joy oldi.

photo5278735645868665684.jpg

Darhaqiqat, bugun millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni mamlakatimizda yanada ommalashtirish yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Umid qilamizki, yuqoridagi vazifalar amalga oshsa, o‘zbek futboli boshqa sport turlari kabi dunyoda o‘z o‘rnini tiklaydi.

536
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA