Yosh polvonlarimiz Xitoy Taypeyida yunon-rum, erkin va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib qatnashdi.

Chempionatning erkin kurash bellashuvlarida 120 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan iste’dodli polvonimiz Hasanboy Rahimov xitoylik Benksin Duan, eronlik Shoyon Jalilzoda, mo‘g‘ulistonlik Lxagvagerel Munxtarni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni ko‘lga kiritdi. Vazni 55 kilogramm bo‘lgan Jahongirmirzo Turobov esa mezbon Chia Xung Chang, eronlik Nodir Amirg‘oliy va qozog‘istonlik Muxambet Kuatbekni yengib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamiz a’zolaridan Isa Shapiyev kumush, Abbos Rahmonov, Jabroil Shapiyev, Ibrohim Ilhomjonov bronza medali bilan taqdirlandi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha 96 kilogramm vaznda sportchimiz Temur Mirzo Mamajonov qozog‘istonlik O‘ljas Sirliboy, turkmanistonlik Aslan Kuliyev va hindistonlik Sagar Sagarni yengib final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Finalda Temur eronlik Amirmuhammad Xusaynrizo Noruzipasand ustidan zafar quchdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning finaliga qadar barcha raqiblarini yenggan Jalgas Berdimurodov terma jamoamiz hisobiga yana bir kumush medalni keltirgan bo‘lsa, Jasurbek Ortiqboyev va Mahmud Baxshulloyev o‘z vazn toifalarida bronza medal sohibi bo‘ldi.

Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sportchilarimizdan Baxtigul Boltaniyozova ikkinchi, Oqtanga Keunimjayeva, Nodira Sobirova, Hadicha Najimova uchinchi o‘rinni egalladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimiz Xitoy Taypeyida o‘tgan Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarildi