Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 12:35 Chop etish versiyasi

Polvonlar – el-yurt faxri, g‘ururi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 327-umumta’lim maktabida «Mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish orqali yoshlarimizni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda faxriy polvonlarning o‘rni» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi, Yunusobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Yunusobod tumani bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom insonlar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni bu boradagi istiqbolli ishlar izchillik bilan davom ettirilayotganidan dalolatdir.

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan katta e’tibor natijasida sportchilarimiz xalqaro miqyosda ulkan zafarlar quchmoqda. 2016-yil Rio-de Janeyro shahrida o‘tgazilgan Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan g‘alabalar fikrimizning tasdig‘idir.

Mutaxassislar keyingi o‘n yillikda mamlakatimizda 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘rtacha vazn ko‘rsatkichi 43 kilogrammdan 47 kilogrammga, qizlar o‘rtasida esa 44 kilogrammdan 48 kilogrammga ortganini e’tirof etmoqda. Raqamlar aksariyat o‘g‘il-qizlarimizning vazni va bo‘yiga doir ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos kelishini ko‘rsatayotir.

Milliy qadriyatlar poydevori sanalgan xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish va muntazam shug‘ullanishini ta’minlash o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligi va jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

Davra suhbatida bu borada "Maktab – oila – mahalla" hamkorligini yanada kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi. Yoshlarni sog‘lom, yetuk va barkamol qilib tarbiyalashda faxriy polvonlarning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Maktablarda faxriy sportchilar burchaklarini yaratish, ular bilan uchrashuvlar tashkil qilish o‘quvchilarni sportga qiziqtirishning samarali usullaridan biri ekanligi aytildi.

– Maktabimizdagi faxriylar burchagi ko‘pincha gavjum, – deydi 327-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Ilhom Madrahimov. – Ular sportchilarning suratlariga tikilib nimalarnidir o‘zaro bahslashayotgan, yutuqlarini muhokama qilayotgan bo‘ladi...

Maktabda o‘nga yaqin sport to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Aksariyat o‘quvchilar ushbu to‘garaklarga qatnashib, turli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

Mohigul Qosimova, O‘zA
353






Все о погоде - Pogoda.uz