Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.07.2018 12:21 Chop etish versiyasi

Plyaj futboli: Chorak finalchilar ma’lum

Plyaj futboli: Chorak finalchilar ma’lum
Qarshining “Geolog” sport majmuasi hududidagi Respublikada yagona hisoblangan plyaj maydonida davom etayotgan O‘zbekiston Kubogining chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Plyaj futboli bo‘yicha xalqaro qonun-qoidalarga ko‘ra tong saharda va kech oqshomda, sohil bo‘yida tashkil etiladigan musobaqa Qarshi shahrida ham o‘z aksini topdi. Tongda ikkinchi tur, kech oqshomda esa uchinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi va chorak final qatnashchilari aniqlandi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar ertaga yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushishadi.

18-iyul qayd etilgan natijalar:

“Lokomotiv” – “Binokor” – 5:7
“Po‘lati” – “Kogon” – 3:4 
“Koson” – “Samarqand” – 3:4
“Nasaf” – “Adolat” – 3:4
“Kasbi” – “Lokomotiv” – 0:2
“Qarshi” – “Po‘lati” – 3:0
“Nishon” – “Koson” – 2:2. Q.v. 3:2
“Mash’al” – “Nasaf” – 1:2

Shunday qilib, quyidagi jamoalar o‘z guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

“A” guruhi – “Binokor” va “Lokomotiv”
“V” guruhi – “Kogon” va “Qarshi”
“S” guruhi – “Samarqand” va “Nishon”
“D” guruhi – “Adolat” va “Nasaf”

Chorak final. 19-iyul.

“Binokor” – “Nasaf”
“Lokomotiv” – “Adolat”
“Samarqand” – “Qarshi”
“Nishon” – “Kogon”.

O.Yunusov, O'zA
1 762