O‘zA O`zbek

14.08.2018 18:33 Chop etish versiyasi

Plyaj futboli: Adolat qaror topdi – “Adolat” chempion

Plyaj futboli: Adolat qaror topdi – “Adolat” chempion Qarshidagi “Geolog” sport majmuasining Respublikada talabga javob bera oladigan yagona plyaj maydonida futbolning shu turi bo‘yicha viloyat birinchiligi start olganligi va unda 14 ta jamoa ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Viloyat futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Norqul Daminov g‘oyasi va tashabbusi bilan tashkil etilgan turnir zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan yakun topdi.

O‘z guruhida va chorak final o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan to‘rt jamoa yarim finalga qadar yetib keldi va bu bosqichda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi:

Yarim final.

“Kasbi” (Kasbi tumani) – “Koson” (Koson tumani) – 5:6

“Adolat” (viloyat davlat xavfsizlik xizmati xodimlari) – “Mash’al” (Superliganing “Mash’al” klubi murabbiylari) – 4:3

Uchinchi o‘rin uchun o‘yin: “Kasbi” – “Mash’al” – 2:10.

Final: “Adolat” – “Koson” – 4:2.

Shu tariqa plyaj futboli bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan turnirda adolat posbonlari zafar quchishdi va bosh sovrin – Kubok bilan birga diplom va sovg‘alarni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin kosonliklarga, uchinchi o‘rin esa muborakliklarga nasib etdi.

Oybek Yunusov, O‘zA
2 818