O‘zA O`zbek

15.08.2018 13:01 Chop etish versiyasi

Peshqadamlik yangi marralarga undaydi

Peshqadamlik yangi marralarga undaydi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha bahslari boshlangani haqida xabar bergan edik.

25 davlat terma jamoasi ishtirok etayotgan Osiyo o‘yinlarining futbol bahslarida “V” guruhda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Bangladesh termasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ushbu guruhdan joy olgan Qatar va Tailand terma jamoalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi va terma jamoamiz guruhda 3 ochko bilan birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Musobaqaning “S“ va “D“ guruhlarida ham o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “S“ guruhida Xitoy va Sharqiy Timor bahsi 6:0 hisobida yakunlandi, Suriya termasi BAA ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

“D“ guruhidagi Yaponiya va Nepal uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi. Vyetnam esa Pokistonni 3:0 hisobida yengdi.

* * *

XVIII Osiyo o‘yinlarining basketbol bellashuvlarida Tailand jamoasi Mo‘g‘ulistonni mag‘lub etdi. Indoneziya esa o‘z parketida Janubiy Koreyaga hisobni boy berdi. Xitoy Taypeyi sharafini himoya qilgan basketbolchilar yaponiyaliklar ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Qatar yoshlari Gonkong jamoasi bilan bo‘lgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi.

Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

J.Toshxo‘jayev, O‘zA
1 811