O‘zA O`zbek

23.01.2018 10:03 Chop etish versiyasi

“Paxtakor” yoshlari yangi mavsumga jiddiy tayyorlanmoqda

“Paxtakor” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, yoshlar jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in o‘tmoqda.

Unda “Paxtakor” akademiyasining bir qator bitiruvchilari yoshlar jamoasi tarkibidan o‘rin olish maqsadida o‘zlarining bor imkoniyatlarini ko‘rsatmoqdalar. Toshkent va Qibrayda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda 30 nafar yosh futbolchi ishtirok etmoqda. Bugunga qadar “Paxtakor” yoshlar jamoasi a’zolari “Lokomotiv”BFKdan 4:2 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, “Sergeli”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Lokomotiv” yoshlari bilan esa 0:0 hisobida durang o‘ynadi

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
9 413