O‘zA O`zbek

13.08.2018 15:46 Chop etish versiyasi

“Paxtakor” va “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi

“Paxtakor” va “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan joy olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi gollarga boy bo‘ldi.

Qarshida o‘tgan o‘yinda “Bunyodkor” futbolchilari 1:4 hisobida zafar quchdi. Gollarga mehmon jamoadan Shahzodbek Nurmatov, Dilshod Jo‘rayev, Javlon Ibrohimov, mezbonlardan Boburbek Davlatov mualliflik qildi.

Mazkur turda “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “AGMK”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Navbahor” esa Namanganda “Buxoro” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Metallurg” va “Qizilqum” jamoalari bahsida 2:1 hisobi qayd etildi.

Superliga jadvalida eng yuqori pog‘onada borayotgan “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari 21-turda ochko yo‘qotdi. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Neftchi” bilan,“Paxtakor” esa safarda “Qo‘qon-1912” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa turnir jadvalida“Paxtakor” jamoasi 44 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Bunyodkor” 39, “Navbahor” esa 37 ochko jamg‘arib, ikkinchi va uchinchi pog‘onada turibdi.

J.Toshxo‘jayev, O‘zA
1 789