O‘zA O`zbek

28.07.2020 Chop etish versiyasi

Parastol tennischilari onlayn mashgʻulot oʻtkazdi

Parastol tennischilari onlayn mashgʻulot oʻtkazdi

Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi yurtimizda parastol tennisini ham rivojlantirish boʻyicha muhim qadam qoʻydi.

 Bu sport turiga mahoratli murabbiy Nodira Burxonxoʻjayeva bosh murabbiy etib tayinlandi.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat hamon dolzarbligicha qolayotgani sabab parastol tennischilari mashgʻulotlarni oʻz uyida davom ettirmoqda.

Bugun bosh murabbiy Nodira Burxonxoʻjayeva “ZOOM” platformasi orqali oʻtkazilgan navbatdagi onlayn mashgʻulotini oʻtkazdi. Mashgʻulotlarni mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova bilan birgalikda bir qator mutaxassislar va shifokorlar kuzatib bordi.

Parastol tennischilarimiz uy sharoitida boʻlsa ham oʻz mahoratlarini oshirishda davom etishiga va yaqin kelajakda yurtimizda ushbu sport turini yana-da ommalashtirib, xalqaro musobaqalarda vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilishiga ishonch bildirildi.

8 079
OʻzA