O‘zA O`zbek

10.10.2018 07:20 Chop etish versiyasi

Paraosiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston terma jamoasining medallari soni 31taga yetdi

Paraosiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston terma jamoasining medallari soni 31taga yetdi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari davom etmoqda. Kecha, 9-oktyabrda musobaqa doirasida uchinchi kun bahslari boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, bellashuvlarda ishtirok etgan sportchilarimiz 10ta medalni qoʻlga kiritishdi. Ularning 5tasi oltin, 4tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.

Kecha sovrindor boʻlgan sportchilarimiz roʻyxati:

Oltin:

Elbek Sultonov (yengil atletika)

Doniyor Ahmedov (yengil atletika)

Nurbek Mirzayev (dzyudo)

Dmitriy Xorlin (suzish)

Fotima Amilova (suzish)

Kumush:

Feruz Saidov (dzyudo)

Nafisa Sheripbayeva (dzyudo)

Shohsanamxon Toshpoʻlatova (suzish)

Firdavsbek Musabekov (suzish)

Bronza:

Parvina Samandarova (dzyudo)

Uchinchi kun yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi medallari soni 31taga yetdi. Vakillarimiz 18ta oltin, 9ta kumush va 4ta bronza medallariga ega chiqishgan. Medallar jamgʻarish boʻyicha esa Xitoy va Janubiy Koreyadan soʻng uchinchi oʻrinni egallab turibmiz.

OʻzA
2 478