Paralimpiyachilarimiz yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytdi
AQShning Kolorado-Springs shahrida dzyudo bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida sportchilarimiz 1 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari kutib oldi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarning bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, qiziqish va intilishiga ko‘ra kasb-hunar egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida so‘nggi yillarda paralimpiyachilarimiz jahon va qit’a chempionatlarida, Paraosiyo va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotir.
Jahon chempionatida dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi sovrinli o‘rinlar hamda 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolari uchun bellashdi. Unda Vatanimiz sharafini himoya qilgan 15 nafar dzyudochimizning 8 nafari g‘olib va sovrindor bo‘ldi.
– G‘alabam sharafiga mamlakatimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda cheksiz faxr-iftixor hissini tuydim, – deydi jahon chempioni Odiljon Tulendiboyev. – Mazkur nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etganimiz mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida biz, yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarishga yaratilgan shart-sharoitlar tufaylidir. Maqsadim Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tadigan Paraosiyo o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdir.