Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 16:59 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan para-atletika bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan para-atletika bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi Toshkent tibbiyot akademiyasi stadionida tashkil etilgan mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida para-atletikani yanada ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni saralashdir.

Chempionatning turli masofaga yugurish bahslarida San’at Normatov, Damir Pashayev, Safarali Otaboyev, Abror Ibragimov, Shahzod Xushvaqtov, Doniyor Ahmedov, Muattar Baratova, Sabina Susanova, Asila Mirzayorova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan disk uloqtirish bo‘yicha bahslarda Sofiya Burhonova, Feruza Bo‘riboyeva, Gulchehra Abdiyeva, Roziya Ergasheva shohsupaga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 597






Все о погоде - Pogoda.uz