O‘zA O`zbek

18.05.2020 Chop etish versiyasi

Oston Ufadan ketmay toʻgʻri qaror qilgan ekan...

Oston Ufadan ketmay toʻgʻri qaror qilgan ekan...

Rossiya futbol ittifoqi ijroqoʻmi 21-iyundan chempionat oʻyinlarini tiklashga qaror qilgan edi. Demak Rossiya hukumati xorijlik sportchi va mutaxassislarning mamlakatga kirishiga ruxsat beradi.

Oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunov toʻp surayotgan “Ufa” klubi bosh direktori Shamil Gazizov legioner masalasida oʻziga yarasha muammolar borligini eʼtirof etdi.

– Besh legionerimizning taqdiri maʼlum emas. Ular pandemiya tufayli oʻz yurtiga joʻnab ketgan. Endi Rossiyaga qaytolmayapti. Chet elliklarning kelishiga ruxsat berilgani bilan boshqa davlatlar chegaralarini yopgan. Ular yetib kelganidan keyin ham ikki hafta karantinda oʻtirishi kerak. Shunday ekan legionerlarsiz oʻynashimiz ham mumkin, – dedi Sh.Gazizov.

“Ufa” debyutanti Oston Oʻrunov pandemiya boshlanganida yurtimizga qaytmagan. U va yana ikki legioner – lyuksemburglik Olivye Till va moldovalik Ketelin Karpning Ufada qolgani oʻzini oqladi.

7 077
OʻzA